Telegram Group Search
БУХОРОДА “ЯНГИ НАФАС” МУСОБАҚАСИ

Куни кеча юртимизнинг 16 та шаҳрида бир вақтнинг ўзида “Янги нафас” оммавий югуриш марафони ўтказилди. Жумладан, Бухоро шаҳар ва Қоровулбозор туманида ҳам оммавий югуриш мусобақалари бўлиб ўтди.
Марафонда 7 ёшдан 70 ёшгача бўлган 5 минг нафарга яқин иштирокчилар – олий ўқув юртлари талабаларидан тортиб умумтаълим ва спорт мактабларининг ўқувчилари, жамоат ташкилотлари вакиллари, маҳалла фаолларидан то фахрийларгача уч километрлик масофа бўйлаб, ғолиблик ва саломатлик учун бирга югуришди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy
Ёшлар доимий эътиборда

Яккабоғ тумани “Мустақиллик” МФЙдаги Маданият марказида туман ҳокимлиги, Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими билан ҳамкорликда меҳнат ярмаркаси ўтказилди.
Меҳнат ярмаркасида 2 нафар назорат остидаги шахсга ишга йўлланмалар берилди. Шунингдек, туман ИИБ пробация гуруҳи назоратидаги ёшлар ўртасида футбол мусобақаси ўтказилди.
Ҳусниддин АБДУРАҲМОНОВ,
майор.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
SUKUNATNI TINGLAY BIL yoki ogoh, ziyrak bola

Bir kuni pichanxonani aylanib yurgan chorvador otasidan yodgor bo‘lib qolgan soatini yo‘qotib qo‘yibdi. Uni uzoq izlabdi, hamma yoqni tintib chiqibdi, lekin urinishlari naf bermabdi. Axiyri holdan toyib, tashqariga chiqsa, nariroqda o‘ynab yurgan bolakaylarga ko‘zi tushibdi. Ularni yoniga chaqirib, pichanlar orasidan soatini topib berganga mukofot va’da qilibdi.
Buni eshitgan shumtakalar pichanxonaga to‘dalashib chopib kirishibdi. Hamma yoqni «boshdan-oyoq» tekshirib, baribir soatni topa olishmabdi. Chorvador umidini uzay deb turganda, bolalardan biri unga yana bir imkoniyat berishni so‘rabdi.
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Kun_hikmati

Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
✍️Amir Temur

👉 @postdarasmiy
Joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov va Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Beybut Atamqulov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

▶️
Batafsil
———
Жорий йилнинг 3 июль куни Тошкент шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов ва Қозоғистон Республикасининг Ўзбекистондаги Фавқулодда ва Мухтор элчиси жаноб Бейбут Атамқулов ўртасида учрашув бўлиб ўтди

▶️
Батафсил
———
3 июля т.г. в Ташкенте состоялась встреча Министра внутренних дел Республики Узбекистан генерал-лейтенанта Пулата Бобожонова с Чрезвычайным и Полномочным Послом Республики Казахстан в Узбекистане господином Бейбутом Атамкуловым

▶️
Подробно
———
On July 3, Lieutenant General Pulat Bobojonov, the Minister of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, and Mr. Beybut Atamkulov, the Extraordinary and Plenipotentiary Ambassador of the Republic of Kazakhstan to Uzbekistan, met in an atmosphere of mutual respect and constructive dialogue

▶️
Read more

Телеграм канал
KO‘SHKLIK YOSHLAR G‘OLIBLAR SAFIDA

G‘ijduvon tumanida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida voleybol sport turi bo‘yicha IIB boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Unda tumanning 75 ta mahallalarida istiqomat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlardan tarkib topgan jamoalar shakllantirilib, 300 nafardan ortiq sportsevar yoshlarni qamrab oldi.
Umumiy natijalarga ko‘ra, “Ko‘shk” mahallasi jamoasi birinchi, “Gajdumak” hamda “Paxtaobod” mahallalari jamoalari vakillari esa ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etiishdi. Bundan tashqari, musobaqa davomida individual mahorati bilan alohida natija ko‘rsatgan sportchilar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan jamoalar, nominatsiyalar g‘oliblariga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
N.BOLTAYEV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
Huquqbuzarlarga chora ko’rildi
Namangan shahar 2-sonli IIB “G‘ishtko‘prik” huquq-tartibot maskani hududida xizmatga jalb etilgan xodimlar tomonidan yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Qoidalarga amal qilmagan, tegishli hujjatlarsiz transport vositalarini boshqargan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, 31 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
JUMBOQ

Savol: Mo‘g‘ul cho‘ponlari yashaydigan o‘tovning aylanasi 6 metr bo‘lib, devor vazifasini bajaruvchi kigizlarning bir tomoniga 12 ta chiziqcha chizib qo‘yilgan. Bu chiziqlar qanday vazifani bajargan?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Кун_қаҳрамони
ФАОЛ ИНСПЕКТОР
Шофиркон тумани ИИБ ходимлари айни кунларда ўтказлаётган “Қорадори–2024” тезкор профилактик тадбирида фаол қатнашмоқда. Тадбирлар давомида гиёҳванд моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга доир бир қатор жиноий ҳолатларга чек қўйилди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ижтимоий_ролик

🔸Пиёдаларни тартибга чақириш мақсадида Францияда синалган тажриба

👉
@YHXX_UZ
ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBAsiNING AHAMIYATI

Ma’naviyat va ma’rifat darsi
Imij – ishontirish yoki yoqish usuli...mi?
Davlat va xalq o‘rtasidagi munosabatlar jarayonida «imij» tushunchasi alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasiga ko‘ra, imij (inglizcha image, lotincha imago – timsol, ko‘rinish) – shaxs, hodisa, narsaning ommalashtirish, reklama qilish maqsadlarida odamlarga hissiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatishni ko‘zlab shakllantiriladigan qiyofasi; targ‘ib qilish vositalaridan biri.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
2024/07/04 10:05:45
Back to Top
HTML Embed Code: